Maʼlumotlarni oʻchirish

Serverda sizga tegishli maʼlumot yoʻq: IQuest hisob, ism yoki telefon raqamini soʻramaydi. Shuning uchun bizga soʻrov yuborish shart emas — hamma maʼlumot qurilmangizda va uni oʻzingiz oʻchirasiz.

Ilovaning oʻzida

Profil › Sozlamalar (tishli gʻildirak) › Maʼlumotlarni oʻchirish › Oʻchirish

Nima oʻchadi:

Nima qoladi: til, tema, ovoz va eslatma sozlamalari hamda ilova bilan tanishuv oʻtilgani haqidagi belgi (shuning uchun xush kelibsiz bonusi qayta berilmaydi). Ularni ham oʻchirish uchun quyidagi usullardan birini tanlang.

Android sozlamalari orqali

  1. Sozlamalar › Ilovalar › IQuest › Xotira › Maʼlumotni tozalash — hammasi, sozlamalar bilan birga, oʻchadi;
  2. yoki ilovani telefondan oʻchirib tashlang.

Telefoningizda Android zaxira nusxasi yoqilgan boʻlsa, ilova maʼlumoti shaxsiy Google hisobingizdagi nusxada ham boʻlishi mumkin va yangi telefonda tiklanadi. Bu nusxani biz koʻrmaymiz; uni telefon sozlamalaridagi zaxira boʻlimida oʻchirishingiz mumkin.

Brauzerda (sayt versiyasi)

Brauzer sozlamalarida shu sayt uchun saqlangan maʼlumotni tozalang.

Oʻchirish qaytarilmaydi. Bizda nusxa yoʻq, shuning uchun tiklab bera olmaymiz.

Kelgusida hisob qoʻshilsa

Hisob va natijani serverda tekshirish qoʻshilganda serverdagi maʼlumotni oʻchirish uchun ilovada alohida tugma boʻladi va bu sahifa oldindan yangilanadi. Hozir bunday maʼlumot yoʻq.

Savol boʻlsa

4xalilov@gmail.com