Maxfiylik siyosati
Qisqacha: IQuest sizdan shaxsiy maʼlumot yigʻmaydi va internetga hech narsa yubormaydi. Hisob ochish shart emas, analitika va reklama yoʻq. Profilingiz, natijalaringiz va sozlamalaringiz faqat qurilmangizda saqlanadi.
1. Umumiy
Ushbu siyosat IQuest ilovasiga (Android) va uning brauzerdagi versiyasiga tegishli. Ilova egasi: Abdulaziz Abduxalilov. Bogʻlanish: 4xalilov@gmail.com
2. Biz nimani yigʻmaymiz
IQuest bizga ham, uchinchi tomonga ham hech qanday maʼlumot yubormaydi. Jumladan, quyidagilar soʻralmaydi va yigʻilmaydi:
- telefon raqami, elektron pochta, pasport yoki boshqa shaxsiy maʼlumot;
- joylashuv (GPS);
- kontaktlar, fayllar, kamera va mikrofon;
- qurilma identifikatorlari va reklama identifikatori;
- ilovadan foydalanish statistikasi.
Ilovada hisob (akkaunt) yoʻq — roʻyxatdan oʻtmasdan foydalanasiz.
3. Profil: rasm, nom va bio
Profildagi foydalanuvchi nomi, bio, rang va avatar ixtiyoriy. Ular faqat qurilmangizda saqlanadi: boshqa foydalanuvchilarga koʻrsatilmaydi va hech qayerga yuborilmaydi.
Oʻz rasmingizni qoʻysangiz, uni telefonning rasm tanlash oynasida oʻzingiz tanlaysiz. Ilova faqat siz tanlagan bitta rasmni oladi, uni qurilmaning oʻzida kvadrat shaklda qirqadi, kichraytiradi va ilova xotirasida saqlaydi. Asl fayl oʻzgarmaydi. Ilova kamera, galereya yoki fayllarga ruxsat soʻramaydi.
Rasm, nom va bio Maʼlumotlarni oʻchirish bilan oʻchadi (batafsil).
4. Qurilmada nima saqlanadi
Quyidagilar faqat ilova xotirasida (brauzer versiyasida — brauzerning shu sayt uchun ajratilgan xotirasida) turadi. Bizga ular koʻrinmaydi.
| Nima | Nima uchun |
|---|---|
| Profil: nom, bio, rang, avatar yoki rasm, vitrina | Profilingizni koʻrsatish uchun |
| IQ testlari tarixi: natija, oraliq, sana, savol turlari boʻyicha tahlil | Natijalaringizni koʻrsatish uchun |
| Mashq va oʻyin darajalari, rekordlar | Keyingi savol va oʻyin qiyinligini tanlash uchun |
| Ballar, haftalik ballar, liga tarixi, ketma-ket faol kunlar | Liga va Reyting uchun |
| Tangalar, xaridlar, kunlik vazifalar, nishonlar | Doʻkon, vazifalar va nishonlar uchun |
| Javoblar jurnali: savol kodi, tanlangan variant, toʻgʻri yoki xato, vaqt | Kelgusida natijani qayta tekshirish imkoniyati uchun — hozir hech qayerga yuborilmaydi |
| Tugallanmagan test | Ilova yopilsa, testni shu joydan davom ettirish uchun |
| «Xatolarim» va «Saqlangan» roʻyxatlari | Shu savollarni qayta yechish uchun |
| Til, tema, ovoz, tebranish va eslatma sozlamalari | Har ochilishda qayta tanlamaslik uchun |
Android oʻzining zaxira nusxa tizimi orqali ilova maʼlumotini shaxsiy Google hisobingizga saqlashi va yangi telefonda tiklashi mumkin. Bu Android funksiyasi: biz bu nusxani koʻrmaymiz. Uni telefon sozlamalarida oʻchirishingiz mumkin.
5. Internet
Ilovaning ushbu versiyasi internetga soʻrov yubormaydi. Savollar qurilmaning oʻzida yasaladi, natija va profil hech qayerga joʻnatilmaydi. Ilova internetsiz toʻliq ishlaydi.
Oʻzingiz bosgan havolalar (Foydalanish shartlari, Maxfiylik siyosati, Aloqa, Ilovani baholash) brauzerda, pochta ilovasida yoki Google Playʼda ochiladi. Ilova ularga siz haqingizda hech qanday maʼlumot qoʻshmaydi.
Brauzer versiyasida sahifani yuklash uchun brauzeringiz sayt serveriga murojaat qiladi. Har qanday saytdagi kabi, server texnik jihatdan IP manzil, brauzer turi va soʻrov vaqtini koʻradi, hosting provayderi esa bunday texnik jurnallarni oʻz qoidasiga koʻra saqlashi mumkin. Biz bu maʼlumotdan foydalanuvchilarni kuzatish yoki profil tuzish uchun foydalanmaymiz. Sahifa yuklangandan keyin ilova boshqa soʻrov yubormaydi.
6. Analitika, reklama va uchinchi tomonlar
Ilovada analitika tizimi (Google Analytics, Firebase va shunga oʻxshash), reklama, xatolik hisobotlarini yuboruvchi kutubxona va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari yoʻq. Shriftlar ilova ichida — tashqi serverdan yuklanmaydi.
Ilovani Google Play orqali oʻrnatsangiz, Google oʻrnatish va yangilash jarayonida oʻz maxfiylik siyosatiga koʻra maʼlumot yigʻishi mumkin. Google Play Consoleʼda biz faqat umumlashtirilgan statistikani koʻramiz (masalan, oʻrnatishlar soni va ilovaning ishdan chiqishi haqidagi hisobotlar) — ular sizni shaxsan aniqlamaydi.
7. Bildirishnomalar
Eslatmalar dastlab oʻchiq. Ilova bildirishnomaga ruxsatni faqat siz eslatmani yoqqaningizda soʻraydi. Eslatma telefonning oʻzida rejalanadi va koʻrsatiladi: serverdan push xabar yuborilmaydi, qurilma tokeni saqlanmaydi. Kuniga koʻpi bilan ikkita eslatma keladi. Ularni istalgan vaqtda Sozlamalarda oʻchirasiz; ruxsat bermasangiz ham ilova odatdagidek ishlaydi.
8. Bolalar
Ilova hech kimdan, jumladan bolalardan ham, shaxsiy maʼlumot soʻramaydi va yigʻmaydi.
9. Maʼlumotni oʻchirish va huquqlaringiz
Bizda sizga tegishli maʼlumot yoʻq, shuning uchun uni koʻrish yoki oʻchirish uchun bizga soʻrov yuborish shart emas: hammasi qurilmangizda va sizning nazoratingizda. Ilovada: Profil › Sozlamalar › Maʼlumotlarni oʻchirish. Boshqa usullar — shu sahifada.
10. Oʻzgarishlar
Ilovaga hisob, natijani serverda tekshirish, umumiy reyting yoki boshqa tarmoq funksiyasi qoʻshilsa, bu siyosat oldindan yangilanadi va yangi sana shu sahifada koʻrsatiladi. Yigʻilmaydi deb yozilgan maʼlumot keyin jimgina yigʻila boshlamaydi.
11. Aloqa
Savol yoki shikoyat boʻlsa: 4xalilov@gmail.com · Telegram: @abxalilov